Erasmus+ «NICOPA: New and Innovative Courses for Precision Agriculture» loyihasi rejasiga muvofiq S.Seyfullin nomidagi Qozog’iston agrotexnika universitetida Aniq qishloq xo’jaligini rivojlantirishda Geografik axborot tizimini qo’llashning ahamiyati bo’yicha «Kuzgi maktab» va loyiha natijalarini muhokamasiga bag’ishlangan yakuniy konferensiya bo’lib o’tmoqda.
Ushbu tadbirda Germaniya, Bolgariya, Chexiya, Turkmaniston, Qozog’iston va O’zbekistondan loyiha hamkorlari ishtirok etishmoqda. Jumladan O’zbekistondan Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, «Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligni mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek soha bo’yicha loyiha hamkorlari bo’lgan xususiy firmalar vakillari ishtirok etishmoqda.
Ushbu tadbir 10 oktyabrdan 14 oktyabrgacha davom etib, tadbir daomida Masofadan zondlash va Geografik axborot texnologilaridan aniq qishloq xo’jaligida amaliy qo’llash bo’yicha tajriba almashinib, loyiha doirasida erishilgan natijalarni sarhisob qilish, yakuniy hisobotga tayyorlanish hamda hamkorlikning istiqbolli masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.