Xorijiy fuqarolar diqqatiga!

O‘zbekiston Milliy universiteti magistratura bosqichiga  2023 yil uchun navbatdagi qabulini boshladi.

Ariza berish jarayoni:

  • Arizani yuklab oling va uni to’ldiring;
  • Onlayn shaklni to’ldirish va kerakli hujjatlarni (anketa, bakalavr diplomi, xalqaro pasport, fotosurat) yuklang va topshiring;
  • Zoom orqali onlayn intervyudan o‘ting

Til bilish darajasi sertifikatlarini talab etilmaydi!


Xorijiy fuqarolar O‘zMUga kirish test sinovlaridan o‘tmasdan, faqat suhbat asosida qabul qilinadi.

Xorijiy fuqarolar Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak (shaxsan yoki intdep@nuu.uzintdepnuu@gmail.com elektron pochta orqali):
1. Muloqot uchun aloqa raqami (telegram yoki whatsapp) ko‘rsatilgan to‘ldirilgan ariza shakli ( magistratura uchun ariza havolasi);
2. Bakalavr diplomi va baholar ilovasi (transcript)
3. Pasport;
4. Rasm (35x45mm)

Onlayn ariza topshirish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfEFFRbekndnah9u-FwJx4TYv8-6gOr69kiw6hQcab5jLtfvQ/viewform?usp=sf_link

Hujjatlarni topshirish muddati: 2022-yil 20-dekabrdan 2023 yilning 10 yanvariga qadar.

Magistratura mutaxassisliklari bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Agar Sizda xorijiy fuqarolar uchun qabul bo’yicha savollar mavjud bo’lsa, quyidagi mobil raqamlarga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin (Call-center): +998903814811

 

Universitet shuningdek, quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’limni taklif etadi:
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
• Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo’nalishlar bo’yicha);
• Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha).

Xorijiy fuqarolarning O‘zMUda qulay ta’lim olishlari uchun universitetning o‘quv binolaridan uzoq bo‘lmagan chet el fuqarolari uchun maxsus yotoqxona mavjud.
Ushbu yotoqxona chet ellik talabalarga bepul taqdim etiladi.
Talabalar xavfsizligi uchun yotoqxona kuniga 24 soat nazorat qilinadi.
Talabalar turar joyidan 200 metr radiusda oziq-ovqat do‘konlari, klinika, metro bekati, banklar va tez ovqatlanish restoranlari mavjud.

Xorijiy talabalar uchun broshyurani ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Scroll to Top