XALQARO TALABALAR ALMASHINUV DASTURI (XORIJGA CHIQISH)

O‘zMU akademik mobillik almashinuvi dasturlari bo‘yicha koordinator:

Tadjibayev Omadbek Ashuraliyevich

Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy, 100174.
Rektorat binosi, 7-qavat, 70-xona
Telefon: +99890 381-48-11
E-mail: exchange@nuu.uz

Talabalar akdemik mobillik almashinuvi (talabalar almashinuvi) dasturi – bu talabalarga xorijdagi universitetlardan birida talaba, amaliyotchi yoki izlanuvchi sifatida bir yoki ikki semester (ba’zida bu muddatlar dastur talabiga qarab qisqa muddatli bo‘lishi ham mumkin) mobaynida ta’lim olish imkoniyati demakdir.
Talabalar almashinuvi dasturi, yozgi va qishki maktablar haqida shu bo‘limda ma‘lumot olishingiz mumkin.
Ushbu dasturlarda ishtirok etish uchun bakalvr (ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari) va magistratura (birinchi bosqichning ikkinchi semestridan boshlab) talabalari topshirishi mumkin.
Bitiruvchi talabalarning arizalari qabul qilinmaydi.
Arizalar faqat O‘zMU talabalaridan qabul qilinadi.
Ariza topshirish talablari:

  • 18 yoshdan oshgan bo‘lishi kerak;
  • akademik qarzdorlik bo‘lmasligi kerak;
  • a’lo baholarga ega bo‘lishi kerak;
  • ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi va buni tasdiqlovchi xalqaro til bilish sertifikatiga ega bo‘lishi kerak (IELTS/TOEFL/Duolingo);
  • rus tilini mukammal bilishi kerak;
*Eslatma! Talabalarni saralashda akademik almashinuvi dasturlarida avval ishtirok etmagan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

Polshaning Adam Mickiewicz universitetida akademik almashinuv dasturi:

Hujjat topshirish oxirgi muddati: 1 Dekabr, 2022

Dastur davomiyligi: bir semestr (27.02.2023-09.07.2023)

Kimlar uchun: Ingliz tilini kamida B2 darajada biladigan, til sertifikatiga ega bakalavr (ikkinchi va uchinchi bosqich) talabalari uchun

Joy: Poznan, Polsha

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport (zagran)
  • Rasm (3×4, hujjat uchun)
  • Til bilish sertifikati (kamida B2 darajada bo‘lishi kerak)
  • Anketa (Universitet ishitokchilar ro‘yxatini Polshadagi universitetga bergan keyin talabalarga email orqali online anketa shakli jo‘natiladi)

Batafsil ma’lumot uchun: +99890 381-48-11 Omadbek Tadjibayev, Rektorat binosi, 7-qavat, 70-xona, Xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘limi

Adam Mickiewicz University (AMU) haqida foydali videolar:

1. AMU qisqa video

2. Adam Mickiewicz University haqida (ingliz tilida)

3. AMU ga virtual sayohat (University presentation in Polish and English)

4. Adam Mickiewicz University -2019-2020 o‘quv yili

Dasturda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar:

  1. O‘zMUdan nominatsiya xati
  2. pasport
  3. baholar (transkript)

Talaba quyidagi havola orqali arizani to‘ldirishi va talab etilgan hujjatlarni UrFU electron manziliga (exchange@urfu.ru) jo‘natishi kerak: https://urfu.ru/en/international/inbound-mobility/application-form

Google formani to‘ldirish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfSk7dwYH52ZBaKJU5rZQPsQqFVz0FXP2FNXHYgYsa2DIvpyA/viewform?usp=sf_link

Ariza va hujjat topshirishning oxirgi muddati 2022-yilning 30-noyabriga qadar.

Scroll to Top